Jizzaxda YTHga uchragan yuk mashinasi yonib ketdi
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Jizzax viloyatida yuk avtomobili bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 16 mart kuni soat 10:30 lar atrofida Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 983-kilometrida yuk avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni qarama-qarshi oqimini ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. To‘qnashuv natijasida yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan tuman YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter