Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram»da onlayn moliyaviy piramida tashkil qilganlar aniqlandi

«Telegram»da onlayn moliyaviy piramida tashkil qilganlar aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar Yu.M., Sh.I. va boshqalar 2022-yilning mart oyida «Gift Of Legacy» nomli o‘yinni «Instagram» kanali orqali tashkilotchilar ko‘rsatib o‘tgan plastik kartasiga kamida 200 ming so‘m yoki 50 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni o‘tkazib berishsa qisqa muddatda ushbu mablag‘ni 7–8 barobarga ko‘paytirib olishlari haqida reklama qilishib, «Telegram» kanalida «200 ming so‘mlik va 50 AQSh dollarlik onlayn gap» nomli guruhni tashkil etishib, o‘yin ishtirokchilarining 692,3 mln so‘mini o‘zlari va tanishlarining plastik kartalarga o‘tkazib olishga erishib, pul mablag‘larining bir qismini keyingi ishtirokchilar hisobidan dastlabki ishtirokchilar hisobiga o‘tkazib berganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring