Jizzaxda ona va uning ikki o‘g‘li bir kechada halok bo‘ldi
Forish tumanida 34 yoshli uy bekasi va uning 10 va 5 yoshlardagi o‘g‘illari baxtsiz hodisa qurboni bo‘lishdi.
2022 yil 6 noyabr kuni kech soat 19:20 larda Jizzax viloyati FVBga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi navbatchisi tomonidan uch kishining is gazidan halok bo‘lgani haqida xabar berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Forish tumani «Oybek» MFY, Mashrab ko‘chasi 83-uyda yashovchi uy bekasi, 1988 yilda tug‘ilgan I.G. va uning o‘g‘illari, 2017 yilda tug‘ilgan B.N. hamda 2012 yilda tug‘ilgan B.B. lar yashash uyida is gazidan zaharlanish holati bilan vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yildan 2022 yilning shu davrigacha is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 428 ta holat sodir bo‘lgan. Natijada 366 nafar fuqaro vafot etgan va 307 nafar shaxs turli darajada jarohatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter