Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda metan gaz quyish shoxobchasida «jiguli» portladi

Jizzaxda metan gaz quyish shoxobchasida «jiguli» portladi

Bugun, 23-iyun kuni soat 15:00 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani «Sovungarlik» MFY hududida joylashgan avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasida VAZ-2106 rusumli avtomobilga yoqilg‘i to‘ldirish jarayonida portlash sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, boshqa transport vositalariga zarar yetmagan.

Portlash natijasida yong‘in kelib chiqmagan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga chiqarilmagan.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, VAZ-2106 transport vositasidagi nosozlik baxtsiz hodisaga sabab bo‘lgan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring