Jizzaxda bedarak yo‘qolgan bolaning jasadi topildi
Jizzax viloyati Baxmal tumanida bedarak yo‘qolgan olti yoshli bolaning kanaldan jasadi topildi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, 3 may kuni Jizzax viloyati Baxmal tumani Navro‘z qishlog‘ida yashovchi 6 yoshli bola yo‘qolgan. Uning oila a’zolari oradan ikki kun o‘tgach bola jasadini kanaldan topishgan. Bolakayning otasi farzandining o‘limi sababidan shubhalanayotganini qayd etgan.
«5 may kuni soat 14:10 da o‘g‘limning jasadini suvdan topdik. Tanasini ko‘rganimda u 40 soat suvda qolib ketganga o‘xshamadi. O‘limining sababi suvda cho‘kish, deyilyapti. O‘zi cho‘kkanmi yoki cho‘ktirilganmi, bu noma’lum. U yashash uyimizdan ikki kilometr uzoqlikda topilgan. Ustida kiyimi bor edi. Lekin topganimizda futbolkasi yo‘q edi. Tanasida ortiqcha shilinish-tirnalishlar yo‘q. Yo‘qolgan payt ko‘chada odam gavjum bo‘lgan. Lekin uni suv bo‘yiga borganini ko‘rgan odam yo‘q. Tegishli tashkilotlar nazoratini yanada kuchaytirishini so‘rayman», — deydi bolaning otasi.
Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter