Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda bank xodimi mijozlarning pulini o‘g‘irladi

Jizzaxda bank xodimi mijozlarning pulini o‘g‘irladi

Jizzax shahrining Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi shaxs ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga tegishli bank plastik kartasidan noma’lum shaxs 8 million so‘m pullarini yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni bankning chakana xizmatlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan, Jizzax shahrining Uchariq mahallasida istiqomat qiluvchi shaxs sodir qilingani aniqlandi.

Shuningdek, ayblanuvchi yana 10 nafar fuqaroning pulini o‘margan. Jabrlanuvchilarga jami 133 million 629 ming so‘m zarar yetkazilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring