Jizzaxda 18 yashar qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan fermer qo‘lga olindi
Jizzax viloyatining Baxmal tumanida hamqishlog‘ini zo‘rlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, voqea Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Saroy qishlog‘ida 20-mart kuni soat 16:00 lar atrofida yuz bergan.
Shu qishloqda yashovchi, «Sabrina Ravshanova» fermer xo‘jaligi raisi, 1987-yilda tug‘ilgan shaxs hamqishlog‘i — 18 yoshli qizni zo‘rlab nomusiga tegmoqchi bo‘lgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
IIV xabaridan voqeaga oid boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter