Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbulda 350 yillik ko‘hna masjid kuchli alanga ichida qoldi

Istanbulda 350 yillik ko‘hna masjid kuchli alanga ichida qoldi

Foto: «Ensonhaber.com»

Turkiyaning Istanbul shahridagi ko‘hna Vaniko‘y jome masjidida kuchli yong‘in kelib chiqdi, deya xabar berdi Turkiyaning «Sabah» gazetasi.

Nashrning yozishicha, yong‘in havo va dengiz orqali bartaraf etilgan. Uning tutuni Istanbulning boshqa joylarida ham ko‘rinib turgan. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Bosfor bo‘g‘ozida joylashgan bu masjid to‘liq yog‘ochdan ishlangan bo‘lib, 1670-yilda bunyod etilgan.

Qayd etilishicha, masjidga jiddiy zarar yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring