Istanbul – Urganch samolyoti nega Toshkentga qo‘ndi?
Bugun, 18-yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahridan Urganch shahriga parvoz qilgan (HY-280 reys) samolyot majburan Toshkent shahriga yo‘naltirildi.
«Uzbekistan Airways» xabar berishicha, bunga noqulay ob-havo sharoiti (kuchli qor, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) sabab bo‘lgan. Aviakompaniya ma’lum qilishicha, reysdagi barcha 98 nafar yo‘lovchi mehmonxonaga joylashtirilgan. Ular ertaga, 19-yanvar kuni HY-051 reysi bilan Urganchga parvoz qilishi aytilgan.
Shuningdek, Urganchdagi noqulay ob-havo tufayli HY-054 Urganch – Toshkent reysi bekor qilingan. Ushbu samolyotga chipta olgan yo‘lovchilar ham ertaga, 19-yanvar kuni HY-052 reysi bilan Toshkentga uchishi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter