Ish qidirib Toshkentga kelgan yigit bedarak yo‘qoldi
Mirzayev Samandar Azim o‘g‘li, 2002-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, joriy yil 11-mart kuni Xorazm viloyati, Xazorasp tumani, Sanoat qishlog‘i, «Bog‘dor» mahallasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahir IIBB xabar bermoqda.
Qidiruv tadbirlari davomida aniqlanishicha, joriy yilning mart oyidan 23 mayga qadar Samandar Mirzayev «Qo‘yliq» bozorida ishlagan, so‘ng tanishi M.Murgutovning fermasida ish topganini ma’lum qilgan. Ferma Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida joylashgan. U yerga S.Mirzayev «Gazel» rusumli avtomobilda yetib borgan. U haqida boshqa ma’lumot yo‘q. Yigitning qidiruvi davom etmoqda.
Belgilari: bo‘yi 165-170 sm, gavdasi o‘rtacha, sochlari, ko‘z va qoshlari – qora. Kiyimlari: ko‘k futbolka, ko‘kish-oq shortlar, qora rangli shippak.
«Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Agar sizda Mirzayev S.ning turar joyi haqida ma’lumot bo‘lsa, quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni so‘raymiz: + 998 97 459 36 36, + 998 99 967 92 90 yoki 102», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter