Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ish joyini fohishaxonaga aylantirgan fuqaro qo‘lga olindi

Ish joyini fohishaxonaga aylantirgan fuqaro qo‘lga olindi

Foto: «Sputnik»

Oxirgi vaqtlarda qo‘shmachilik qilib, ayrim axloqsiz fuqarolarga boshpana ajratayotgan nafsi buzuqlar uchrab turibdi. Ha, bunday yo‘lga kirganlarni qaytarish uchun ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilayotganiga qaramay, o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lmayotganlar ham mavjud, afsuski.

Jumladan, 2018-yilning 30-yanvar kuni soat 14.00 da tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir jarayonida Bo‘stonliq tumanida yashovchi Ye.T. o‘zi qorovulchilik qilib kelayotgan Yangichorbog‘ mahallasida joylashgan dala-hovlida fohishaxona saqlagan. U Chirchiqda yashovchi, turmushga chiqmagan, Sh.K. va Bo‘stonliq tumanida yashovchi, oilali, A.I.ga 50.000 so‘m evaziga jinsiy aloqa qilish uchun xona ajratib bergani aniqlanib, ushlangan.

Hozirda Ye.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring