19-yanvar kuni soat 07:15 dan Samarqand viloyatining Urgut tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining «Taxtaqoracha» dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Buning asosiy sababi tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi.
Ayni daqiqalarda viloyat FVB rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda «Taxtaqoracha» dovonini qayta ochilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter