Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki tanga uchun 145 ming dollar. Qibrayda ikki kishi qo‘lga olindi

Ikki tanga uchun 145 ming dollar. Qibrayda ikki kishi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar B.A. va M.U. 1876 yilda ishlab chiqarilgan «GOSUDARINYa IMPERATRITsA MARIYa FEODOROVNA» va «25 rubley» yozuvlari tushirilgan umumiy og‘irligi 76,2 gramm bo‘lgan 2 dona oltin tangalarni 145 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring