Ayollarni Qozog‘istonga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
12-yanvar kuni Yashnobod tumani IIO FMBga 35 yoshli Svetlana K. va 28 yoshli Manzura A.lar murojaat qilishgan.
Unga ko‘ra 32 yoshli Iroda D. aldov yo‘li bilan ularni ishonchiga kirib Qozog‘istonning Olma-ota shahriga fohishalik qilish uchun jo‘natishni taklif qilgan. 15-yanvar kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati IIBBdagi hamkasblari bilan birga olib borilgan profilaktik tadbir davomida Iroda D. «G‘ishtko‘prik» chegara postida qizlarni qo‘shni respublikaga jo‘natayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi («Odam savdosi») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter