Ijtimoiy tarmoqlarda qattiq mushtlashuv aks etgan lavha tarqaldi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitlar mushtlashayotgani tasvirlangan lavha tarqaldi.
Avvaliga lavhada 20-25 yoshlar chamasidagi ikki yigitning og‘zaki tortishayotgani ko‘rinadi, so‘ng ularning shundoq orqasida uch yigit o‘zlari tengqur bitta bolani ayovsiz kaltaklayotgani aks etadi. O‘sha joyda turgan ikki ayolning hay-haylashiga qaramay, mushtlashuv shafqatsiz ko‘rinishda davom etadi. Olatasir mushtlashuvda ikki yigitni to‘rt-besh nafar bola urayotganini ko‘rish mumkin... Natijada bir bola zarbadan hushidan ketadi. Shundayam uni urayotganlardan biri to‘xtamaydi: hushsiz yigitning bosh qismiga tepadi!
Lavhadagi gap-so‘zlardan voqea vodiy viloyatlarida yuz berganini taxmin qilish mumkin, xolos. Hodisaning qachon sodir bo‘lgani ham ayon emas.
Hozircha huquqni muhofaza qilish organlari ushbu voqelik yuzasidan izoh bergani yo‘q.
Kutamiz.
Ogohlantirish: Bu videoda zo‘ravonlik sahnalari bor! Yuragi bo‘shlarga quyidagi videoni ko‘rish tavsiya qilinmaydi (+18).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter