Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV oyni etak bilan yopmoqdami? Olmazordagi «uchastkovoy»ning o‘limiga oid yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi

IIV oyni etak bilan yopmoqdami? Olmazordagi «uchastkovoy»ning o‘limiga oid yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 30 noyabr kuni soat 00.50 larda Toshkent shahar Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant N.B. tumanning «G‘alaba» mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib borib, xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida fuqaro B. Z. tomonidan pichoqlanishi oqibatida vafot etgani xabari berilgandi.

Ushbu qotillik  bo‘yicha shov-shuvlar hali sovub ulgurmay, jinoyatga oid boshqa tafsilotlar paydo bo‘ldi.

Eng yomoni, yangi tafsilotlar profilaktika inspektori «tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib borib, xizmat burchini o‘tayotganida» qotillik qurboni bo‘lganiga oid xabarlarni inkor etadi. Ya’nikim, «uchastkovoy» qoq yarim tunda bir ayol bilan o‘zining shaxsiy mashinasida gaplashib o‘tirganida B.Z. (ayolning sha’riy turmush o‘rtog‘i) kelib qoladi. Chamasi, erkak ayolni kuzatib kelgan  va «uchastkovoy» bilan «ushlab» oladi hamda rashk sabab yonidagi xo‘jalik pichog‘i bilan katta leytenantning ko‘kragiga bir marotaba urib, voqea joyidan yashiringan. Olgan jarohati natijasida profilaktika inspektori vafot etgan.

Voqelik ayni shunday kechganini Xabar.uzning poytaxt IIB va prokuratura organlaridagi manbalari tasdiqladi.

Demak, marhum Toshkent shahar IIBB  qayd etganidek «tezkor chaqiruv bo‘yicha mahallaga chiqqani» ham, IIV matbuot kotibi Sh. G‘iyosov aytganidek  avval «profilaktika inspektori avval oyog‘idan pichoq yeb, chalg‘igani, bundan foydalangan gumondor uning ko‘ksiga pichoq urgani»ga oid bayonotlari yolg‘on bo‘lib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring