Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV Nukusdagi noqonuniy namoyishlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

IIV Nukusdagi noqonuniy namoyishlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Foto: Xabar.uz

Shu yilning 1-iyul kuni soat taxminan 15.00 lardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar, respublikamizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilishlari oqibatida, kutilmaganda ko‘cha yurishlarini tashkil qilib, Nukusning Markaziy dehqon bozorida to‘planib, namoyishlar uyushtirishgan.

IIV matbuot xizmati holat yuzasidan bayonot berdi. 

Mazkur holat yuzasidan, jamoat tartibini buzilishini oldini olish hamda fuqarolar tomonidan turli tartibbuzarliklarni sodir etishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, dehqon bozori hududiga huquqni muhofaza qilish organlarining kuch va vositalari jalb etilgan, deyiladi vazirlik xabarida.

Hozirda jamoat tartibi tiklanib, fuqarolarning qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari va barcha murojaatlari o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring