IIBB «ko‘cha»ga aloqador yana bir shaxsni ushladi
Toshkent shahar IIBB tomonidan «Dolzarb qirq kunlik» doirasida o‘tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana bir nechta shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.
Shular jumlasidan, 1985-y.t. Buzrukov Buzruk Akmalovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr kuni ham IIBB bir guruh «ko‘cha bolalari» ushlanganini e’lon qilgandi. Unda avval Farg‘onada «Baxti Tashkentskiy»ga yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan D.X.X. ushlangani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter