IIBB Chilonzordagi YTH haqida ma’lumot berdi

Telegram-kanallarda Chilonzor tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi aks etgan suratlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati bu fakt bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.
15-yanvar kuni soat 00.10 Bunyodkor ko‘prigida (G‘afur G‘ulom bog‘i ro‘parasida) YTH ro‘y bergani haqida xabar kelib tushgan.
Unda «Nexia» rusumli avtomobil egasi Javlon I. boshqaruvni bajara olmasdan, qarama-qarshi harakat yo‘lagiga chiqib ketgan va Avaz O. boshqavidagi «Lifan» rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida «Nexia» avtomobili haydovchisi Javlon I. hamda uning yo‘lovchisi Roman S.lar turli og‘irlikdagi tan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildilar. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter