Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB xodimi hamkasbini avtomatda otib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

IIB xodimi hamkasbini avtomatda otib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Farg‘ona viloyati IIB PPX xodimi M.G‘offorov xizmatdosh sherigi A.Raximovni «AK-74» rusumli o‘q otar quroli bilan hazillashib otib qo‘yadi.

Avtomatdan uzilgan ikki o‘q A.Raximovga tegib, unga hayoti uchun xavfli bo‘lgan jarohatlar yetkazadi. Mudhish hodisa 2021 yil 16 avgust kuni ertalab ish joyida sodir bo‘ladi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan va M.G‘offorov Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.

«Sudda ham M.G‘offorovning ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan jinoiy qilmishi tasdig‘ini topdi va u sud hukmi bilan tegishli jazoga tortildi hamda ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan ham mahrum etildi», deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudining raisi Zafarjon Omonov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring