«Ichki ishlar xodimi talabini bajarmagan» fuqaro 15 sutkaga «ketdi»
![«Ichki ishlar xodimi talabini bajarmagan» fuqaro 15 sutkaga «ketdi»](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2289308523.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlari tomonidan fuqaro olib ketilayotganligi aks yetgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Toshkent shahar IIBning ma’lumot berishicha, joriy yilning 5-fevral kuni 2004-yilda tug‘ilgan J.M. Shayxontohur tumanidagi «Malika» savdo majmuasi oldida IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi («Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan J.M.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter