Xivadagi «Ichan-Qal’a» jiddiy xavf ostida qolmoqda
«Ichan-Qal’a»dagi 33ta tarixiy obidaga termitlar jiddiy zarar yetkazmoqda. Bu haqda Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida iqlim o‘zgarishlarining keskinlashuvi, havo haroratining ko‘tarilishi hamda antropogen omillarning avj olishi natijasida termitlar o‘z tabiiy yashash makonlaridan aholi turar joylari, tarixiy madaniy obidalar, strategik ahamiyatga ega ob’yekt hududlariga ko‘chib, ularning yog‘och konstruksiya qurilmalariga jiddiy zarar keltirmoqda.
Termitlar masalasi dunyo miqyosidagi yirik muammolardan hisoblanib, ular tufayli bino va inshootlarga juda katta zarar yetmoqda. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, termitlarning har yili keltiradigan zarari dunyo miqyosida 40 milliard AQSh dollarini tashkil qilmoqda.
«Ichan-Qal’a» tarixiy yodgorlik majmuyidagi 33 ta tarixiy obidaning yog‘och o‘ymakorligi ishlanmalariga termitlar jiddiy darajada zarar yetkazmoqda. Jumladan, Juma masjid muzeyi, Paxlavon Mahmud maqbarasi, Muhammad Inoq va boshqalar termitlardan kuchli zararlangan.
Shuningdek, Surxondaryodagi Al Hakim At-Termiziy, Qashqadaryodagi Hazrati Imom masjidi, Navoiydagi Imom Hasan-Husan ziyoratgohi va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Mizdaxkan kompleksi tarixiy obidalarida termitlarning zararli faoliyati qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter