Hisobchi xodimning kartasidan pul o‘g‘irladi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi fuqaro R.J. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxslar bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 1.040.000 so‘m miqdordagi pullarini yechib olinganligini bildirgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni R.J.ning hamkasbasi, Obodonlashtirish bo‘limida hisobchi bo‘lib ishlovchi fuqaro 1990 y.t., S.Ch. sodir etganligi aniqlandi.
S.Ch. o‘z vakolatlaridan foydalanib, unda mavjud bo‘lgan R.J.ning bank kartasi ma’lumotlari orqali karta SMS-xabarnomasini o‘z telefon raqamiga ulab olib, boshqaruvni qo‘lga kiritib, bank ilovasi orqali pullarni o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘lgan.
S.Ch.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter