Hindistonda yuk mashinasi halokatga uchradi

Hindistonning Madxya-Pradesh markaziy shtatida kichik yuk mashinasining pastga qulashi sababli 20 ga yaqin kishi vafot etdi, 30 nafar kishi jarohatlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi Bxopal shtatidan 570 km. uzoqlikdagi Sidxi shahridagi to‘y marosimiga ketayotgan edi. Shu vaqtda haydovchi nazoratni yo‘qotgan.
Yaqinda Madxya-Pradesh shtati vaziri Shivray Singx Choxan qurbonlarning oilalariga 100 ming rupiy, jarohat olganlarga esa 50 ming rupiydan to‘lanishini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter