Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistondagi blok-postda sudya bilan sodir bo‘lgan hodisa videosi taqdim qilindi

Gulistondagi blok-postda sudya bilan sodir bo‘lgan hodisa videosi taqdim qilindi

Videolavhadan skrinshot

Kecha jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudi sudyasi A. Ergashev Guliston shahrida IIB va Milliy gvardiya xodimlari zo‘ravonligiga uchragani xabari berilgandi. Sudya A. Ergashev 2020-yil 13-iyul kuni soat 08:30larda «Neksiya» avtomashinasida Guliston shahri ostonasiga o‘rnatilgan  blok-postga kelganda shu yerda xizmat vazifasini bajarayotgan IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan to‘xtatiladi.

Voqealar qanday rivojlangani aks etgan video Ichki ishlar vazirligi tomonidan (IIV talqinida) internetda e’lon qilindi. Videolavhada A.Ergashev boshqaruvida bo‘lgan avtomashinadagi videoregistratorda qayd etilgan videoyozuv hamda ichki ishlar organi xodimining bodi-kamerasidagi yozuvlardan foydalanilgan.

Videolavhada qayd etilishicha, sudya A.Ergashev tez yordam mashinasi yo‘lini to‘sib olganligi uchun mashinasidan zo‘rlik bilan tushirilib, uning avtoulov voqea joyidan uzoqroqqa olib borib tashlab kelingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga holatga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni ma’lum qilgandi. Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring