Germaniyada dahshatli toshqin qurbonlari soni soat sayin ko‘paymoqda (foto)
Germaniyaning Reynland-Pfals va Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatlaridagi toshqinlardan so‘ng qurbonlar soni 33 kishiga yetdi, deb xabar bergandi mahalliy Bild tabloidi.
Jaladan eng ko‘p zarar ko‘rgan Arvayler (Reynland-Pfals) hududida 18 kishi halok bo‘ldi. Shuld kommunasida oltita uy kuchli yomg‘ir tufayli qulab tushgan.
Reynland-Pfals yeri ichki ishlar vaziri Rojer Leventsning so‘zlariga ko‘ra, 50 dan 70 gacha odam bedarak yo‘qolgan.
Qutqaruv ishlariga favqulodda xizmatlardan tashqari bundesver kuchlari ham jalb qilingan.
Germaniya g‘arbida rekord darajadagi kuchli yomg‘ir tufayli kelib chiqqan suv toshqini qurbonlari soni 50 kishiga yetgani aytilmoqda.
Bu mamlakatda sodir bo‘lgan eng dahshatli toshqinlardan biri hisoblanadi, deb yozadi Bild nashri Twitter orqali.
«To‘fon allaqachon 42 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. 50 dan 70 tagacha odam bedarak yo‘qolgan», — deyiladi gazetada. Ma’lumki, toshqin qo‘shni Belgiyaga ta’sir ko‘rsatdi — u yerda kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, u Gollandiya va Lyuksemburgga ham ta’sir o‘tkazgan.
Germaniya kansleri Angela Merkel voqeaga munosabat bildirdi.
«Men tabiiy ofat va toshqindan zarar ko‘rgan odamlar sonidan larzaga keldim. Men halok bo‘lganlar va bedarak ketganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Qutqaruvchilar va favqulodda xizmat xodimlariga minnatdorchilik bildiraman», — dedi u.
Xabarlarga ko‘ra, suv odatdagi darajasidan 5,75 metrga ko‘tarilgan — avvalgi rekord toshqindan 2 metr baland — va yana ko‘tarilishda davom etmoqda. Ma’lumki, o‘nlab uylar vayron bo‘lgan. Qutqaruv operatsiyalariga armiya jalb qilingan — 400 ga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter