FVV «Tashkent city»dagi yong‘in bo‘yicha ma’lumot berdi
Avvalroq «Tashkent city» majmuasi hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Favqulotda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, bugun soat 15.00 atrofida «Tashkent city» majmuasi tarkibida qurilayotgan bank binosi yonidagi qurilish materiallari saqlanadigan omborda quruvchilar ehtiyotsizligi tufayli tez yonuvchi izolyasiya materiallaridan o‘t chiqqan.
Soat 15.15 da yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yon-atrofdagi binolarga zarar yetmagan. Halok bo‘lgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.
«Vaziyat yuzasidan to‘liq axborot qo‘shimcha beriladi», deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter