FVV Buxorodagi kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi joriy yilning 9-aprel kuni Buxoroda kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi.
Soat 04:00larda boshlangan kuchli yomg‘ir natijasida Buxoro shahrining «Amirobod», «Hofiz Tanish Buxoriy», «Rohat», «Chorboqoli», «Mirzo G‘ofur», «Havzinav», «Ozod», «Nizomiy», «Tursunoy», «Kamolot», «Tinchlik», «Yangiobod», «Tagband Bofon», «Furqat» «Xo‘ja Porso» ko‘chalari, shuningdek, Buxoro tumani «Sheyxoncha» ko‘chasiga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan.
Bundan tashqari, «Havzinav» ko‘chasi 21-uy, Amirobod ko‘chasidagi 13-uy, «Bo‘ri Bofon» ko‘chasidagi 23-uy, «Obod» ko‘chasidagi 74-uy, «Rohat» ko‘chasidagi 31-uy, «Ko‘chabog‘» ko‘chasidagi 20-uy, «Toshko‘cha» ko‘chasidagi 80-uy, «Mirzo G‘ofur» ko‘chasidagi 19-uy, «Mustaqillik» ko‘chasidagi 32-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etilgan.
Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Buxoro shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat «Suvoqava» DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.
Mazkur holatlarda binolarning qulashi va fuqarolarning tan jarohati olishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter