Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVB Samarqanddagi noxush hodisani bartaraf etdi

FVB Samarqanddagi noxush hodisani bartaraf etdi

Videodan skrinshot.

15-iyun kuni Samarqand viloyati FVBga Samarqand tumani «Navbog‘chiyon» MFYda murojaat kelgan.

Unda MFYda joylashgan xonadonlarning birida quduq qazish ishlarini olib borish vaqtida 31 yoshli fuqaro taxminan 8 metr chuqurlikda havo yetishmaganligi sabab, hushini yo‘qotgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqaroni quduqdan sog‘-salomat chiqarib olib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Chiroqchida quduqqa tushib ketgan 6 yoshli bola qutqarilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring