Fransiyada vertolyotlar to‘qnashuvi oqibatida besh harbiy halok bo‘ldi
Fransiya qurolli kuchlariga qarashli ikki vertolyotning to‘qnashuvi besh kishining umriga zomin bo‘ldi. Mamlakatning janubi-sharqiy qismida yuz bergan ushbu voqea haqida «Euronews» ma’lum qildi.
Baxtsiz hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas. Hukumat vakillarining ma’lum qilishicha, vertolyotlarda jami besh kishi bo‘lgan va ularning hech biri tirik qolmadi.
Halokat Karses degan joyda yuz bergan. Vertolyotlar EALAT (Harbiy aviatsiya maktabi)ga qarashli edi. Ular harbiy mashg‘ulot o‘tkazish uchun havoga ko‘tarilgandi. Mazkur hududga Fransiya Mudofaa vaziri Florens Parlining tashrifi ham kutilayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter