Farg‘onadagi bozorda 25 ta do‘kon yonib ketdi

Farg‘ona viloyati, Quva savdo kompleksidagi 25 ta do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.
Bugun, 1-fevral kuni soat 06:23da Farg‘ona viloyati, Quva tumani «G‘alaba» MFY, Bo‘ston ko‘chasida joylashgan Quva savdo kompleksida (bozor) taxminan 25 ta kiyim-kechak do‘konining tomi, shifti va ichki qismi yongan.
Yongin o‘chirish ekipajlari sa’yi harakatlari sabab hodisa bartaraf etilgan.
Fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter