Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada uy dudbo‘roniga tushib qolgan tulki bolalari qutqarildi

Farg‘onada uy dudbo‘roniga tushib qolgan tulki bolalari qutqarildi

Farg‘ona viloyati Toshloq tumani inspeksiyasiga So‘filar MFY Muqumiy ko‘chasida yashovchi fuqoro qo‘ng‘iroq qilib, uyining dudburoniga tulki bolalari tushib qolganini aytgan. Bu haqda «EkologUz» kanalida xabar qilindi.

Ungacha jonivorlar ochidan o‘lmasligi uchun uy egasi ularni ovqatlantirib turgan.

Farg‘ona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Toshloq tuman inspeksiyasi, davlat inspektorlari va tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda dudburondan tulki bolalarini shikast yetkazmasdan chiqarib olib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborishdi.

Farg‘ona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining rahbari Gulnoza To‘xtasinova «Yurtimizda tabiatni ardoqlovchi fuqorolar borligi, biz ekologlar tabiatni asrashda yolg‘iz emasligimizni qalban his etmoqdamiz», — deya bo‘lgan voqeaga izoh berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring