Sirli tarzda uydan chiqib ketgan ayolning murdasi qo‘shni davlatdan topildi
Joriy yilning 22-noyabr kuni Farg‘ona tumanida bedarak yo‘qolgan ayolning murdasi topildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ayolning turmush o‘rtog‘i Sh.X. 2022-yilning 22-noyabr kuni Farg‘ona tumani IIBga murojaat qilib, unda Hosilot MFY Yakka tut ko‘chasi 108-uyda birga yashovchi turmush o‘rtog‘i I.X. shu kuni kuni soat 03:00 larda hech bir sababsiz yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.
Tezkor qidiruv davomida bedarak yo‘qolgan fuqaro I.X.ning murdasi 24.11.2022 yil kuni, qo‘shni Qirg‘iziston respublikasining Batken viloyati, Qadamjoy tumani, Halmiyon qishlog‘idan oqib o‘tgan beton ariqdan topilgan.
Sud tibbiy ekspertizasi tomonidan 24.11.2022 yil kuni marhuma I.X.ga «nafas yo‘llarining suv bilan to‘lishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, boshini peshona tepa sohasida lat, yara va yumshoq to‘qmasiga qon quyilishlar» dastlabki tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter