Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada qo‘lbola o‘tin pechidan yong‘in chiqdi. Yong‘inni o‘chirishda uy bekasi nabirasining jasadi topildi

Farg‘onada qo‘lbola o‘tin pechidan yong‘in chiqdi. Yong‘inni o‘chirishda uy bekasi nabirasining jasadi topildi

Foto: FVV YoXBB

2019-yilning 20-dekabr kuni soat 5dan 20 daqiqa o‘tganda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani «Obod» MFY Bo‘ston ko‘chasida joylashgan 36-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berishicha, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 10 daqiqada yetib borgan vaqtda yashash uyining ichki va tom qismi ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Ko‘rilgan harakatlar natijasida yong‘in soat 05:33 da qurshab olingan va soat 06:00da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida yashash uyining 45 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Saqlab qolingan maydoni 100 kv.metr.

Achinarlisi, yong‘inni o‘chirish vaqtida uy bekasining nabirasi – 2003-y.t. fuqaro A.S.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Foto: FVV YoXBB

Yong‘inni taxminiy sababi qo‘lbola o‘tinli isitish pechini yoqib nazoratsiz qoldirilishi.

Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring