Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada o‘quvchi-qiz sinf derazasidan sakradi

Farg‘onada o‘quvchi-qiz sinf derazasidan sakradi

Skrinshot.

Ijtimoiy tarmoqda o‘quvchi qizning o‘qituvchi bilan tortishib qolgani va derazadan sakragani aks etgan video tarqaldi. 

Farg‘ona viloyati XTB mazkur hodisaga munosabat bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur holat Qo‘shtepa tumanidagi 22-maktabda bo‘lib o‘tganligi aniqlandi.

Tarqatilgan ba’zi xabarda o‘quvchi qiz maktabning ikkinchi qavatidan o‘zini tashadi, deb iddao qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, holat joriy yilning 23-may kuni ushbu maktabning birinchi qavatida joylashgan kimyo fani sinfxonasida bo‘lgan.

Maktabning 8-sinf o‘quvchisi A.A.dars paytida kalitni uyiga tashab kelish uchun ruxsat so‘ragan. O‘qituvchi dars tugashiga 5 daqiqa qolganini bildirgan.

Biroq o‘quvchi muallima gapiga quloq solmasdan derazadan sakrab, qochib ketgan.

Shundan so‘ng o‘qituvchi uni qayta sinif xonasiga olib kirib tanbeh bergan, biroq o‘quvchi qiz yana derazadan qochib ketgan.

Shu holat A.A.ning sinfdoshi tomonidan telefonda tasvirga olinib tarqatilgan», deyiladi xabarda.

O‘quvchi A.A. sog‘-salomat hech qanday tan jarohati olmagan.

Mazkur xabar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring