Farg‘onada «Nexia»ga urilgan «Tracker» yonib ketdi
Joriy yilning 26-dekabr kuni soat 05:30larda, Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani hududidan o‘tgan A 373 avtomobil yo‘lining 313-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, haydovchi, 1975-yilda tug‘ilgan B.A. «Tracker» rusumli avtomobilni boshqarayotib ehtiyotsizligi oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanayotgan haydovchi, 1997-yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobilning orqa qismiga borib urilgan. YTH oqibatida «Tracker»da yong‘in yuzaga kelgan.
To‘qnashuv natijasida «Nexia» rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 21 yoshli M.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismiga ko‘ra (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lishi) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter