Farg‘onada ikki ishchini tom bosib qoldi
20-aprel kuni soat 19:18 da viloyat FVBga Farg‘ona shahar «Simtepa» MFYdagi xonadonlarning birida ta’mirishlash ishlari uchun kelgan mavsumiy 2 nafar ishchilarni extiyotsizligi sababli yashash uyini tom qismi qulab tushishi natijasida bosib qolgan.
Voqea joyiga Zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari yetib borib, ushbu fuqarolarni hayotini saqlab kolgan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Jabrlanganlar tez tibbiy yordam xodimlari orqali shahar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Hozirda ushbu fuqarolarning ahvoli yaxshi, tez orada o‘z uylariga javob beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter