Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada IIB xodimlari fuqaroni ayovsiz kaltakladi (video)

Farg‘onada IIB xodimlari fuqaroni ayovsiz kaltakladi (video)

Videodan skrinshot.

Farg‘onada ichki ishlar xodimlari bir necha kishi guvohligida (tergovchilar, oddiy fuqarolar, boshqa fuqarolar) bir ayblanuvchi kaltaklagani videosi tarqaldi.

Aytilishicha, holat Farg‘ona viloyat Yozyovon tumanida sodir bo‘lgan.

IIBning tezkor xodimi va uchastka noziri ko‘rinishidan gumonlanuvchi bo‘lgan fuqaroga avvaliga qo‘pollik qilishgan, undan keyin urib, tepib, bo‘g‘ishga harakat qilishgan. IIB xodimlari ularni ajratayotganlarni qarshiligiga ham qaramasdan fuqaroni do‘pposlashda davom etishgan.

Atrofdagi odamlarni aralashuvi bilan fuqaro bazo‘r qutulib qolgan, deyiladi xabarda.

Hozirda rasmiy idoralar mazkur video bo‘yicha bayonot berishganicha yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring