Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada daraxt kesish mojarosida ayol urib o‘ldirilgan

Farg‘onada daraxt kesish mojarosida ayol urib o‘ldirilgan

Joriy yilning 14 fevral kuni fuqaro Sh.O. (ayol) Farg‘ona shahar Jo‘ydam MFYda joylashgan ekin yer maydoni chetidagi terak daraxtlarni kestirayotgan vaqtida, ushbu yer maydoning sobiq egasi fuqaro E.U. terak daraxtlari unga tegishli ekanligi xususida janjallashib ketishgan.

Janjal davomida E.U. Sh.O.ning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan birinchi tez-tibbiy yordamga qaramasdan Sh.O. shifoxonada vafot etgan.

Tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, Sh.O.ning o‘limiga bosh qismidan olgan og‘ir tan jarohatlari sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan  E.U.ga nisbatan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring