Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada chegarachilar ishtirokidagi to‘qnashuvda ikki kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada chegarachilar ishtirokidagi to‘qnashuvda ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani chegara oldi hududidagi to‘qnashuvda ikki kishi halok bo‘ldi. Chegara qo‘shinlari mazkur holat yuzasidan bayonot berdi. 

Joriy yilning 16 oktyabrga o‘tar kechasi Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani «Vodil» aholi punktida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan harakatlanib kelayotgan mahalliy fuqarolar A.M. va O.Yu. ismli shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilganida mazkur avtotransport vositasining salon qismida mamlakat hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan tovar-moddiy boyliklari borligi aniqlangan, deyiladi xabarda.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Chegara qo‘shinlari bo‘linmasiga borish taklif etilganida, fuqarolar A.M. va O.Yu. hamda voqea sodir bo‘lgan hudud yaqinida yig‘ilgan ularning o‘n nafarga yaqin sheriklari, spirtli ichimlik ta’sirida harbiy xizmatchilarning qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlar va chegarachilarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga nisbatan kuch ishlatishgan.

Natijada harbiy xizmatchilar turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini olgan. Qarshilik ko‘rsatayotgan kuchlar teng kelmaganligi bois, chegarachilar fuqarolarning noqonuniy harakatlarini to‘xtatish maqsadida ogohlantiruvchi o‘q uzishiga qaramasdan, ular g‘ayriqonuniy hatti-harakatlarini davom ettirganlar.

Ogohlantirishdan to‘g‘ri xulosa qilmay, harbiy xizmatchilarga faol qarshilik ko‘rsatishda davom etgan fuqarolarning ikki nafari qurol qo‘llanilishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring