Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti o‘zbekistonlik halok bo‘lgan: Penzadagi mudhish hodisa tafsilotlari

Yetti o‘zbekistonlik halok bo‘lgan: Penzadagi mudhish hodisa tafsilotlari

Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Penza viloyatida ayanchli YTH sodir bo‘lgan va bir necha kishi qurbon bo‘lgandi. Qurbonlardan yetti nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. 

11 yanvarga o‘tar kechasi Rossiyaning Penza oblasti Nijnelomovskiy rayonida Volvo rusumli yuk mashinasi hamda miniven o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Natijada ikki kishi jarohatlangan va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yetti kishi haloq bo‘lgan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabariga ko‘ra, Qozon shahridagi Bosh konsulxona hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi vakillari tomonidan tan jarohat olgan fuqarolarga va marhumlarning jasadlarini O‘zbekistonga jo‘natishda kerakli amaliy yordam ko‘rsatilmoqda va joylarda kerakli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat Kodeksining 238-moddasi 3-bandi (iste’molchilar xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlash talabiga javob bermaydigan ravishda xizmat ko‘rsatish va ehtiyotsizlik oqibatida ikki va undan ko‘p odamlarning o‘limiga sababchi bo‘lish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring