Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Erkin market» do‘konida yarim tunda yong‘in chiqdi

«Erkin market» do‘konida yarim tunda yong‘in chiqdi

Foto: «iibb.uz»

7-avgustdan 8-avgustga o‘tar kechasi soat 3:30 da Toshkent shahar IIBB YoXB kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish boshqarmasi markaziga «Erkin market» oziq-ovqat do‘konida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Sergeli tumanining Choshtepa ko‘chasida joylashgan ushbu do‘konga o‘t o‘chiruvchilar qisqa muddatda yetib borishgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 4:39 da yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv falokatga sabab bo‘lgan. Jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring