Yerga «2023 BU» asteroidi yaqinlashmoqda — xavflimi?
26-yanvar kuni Yer yonidan diametri 5-6 metrli asteroid uchib o‘tadi. Shemaxa astrofizika observatoriyasi ma’lum qilishicha, osmon jismiga vaqtincha «2023 BU» nomi berilgan. Asterioid juda yorqinligi bois uni oddiy teleskopda ham kuzatish mumkin. Biroq u faqat Yerning janubiy qutbida yashovchilar (Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrika janubi)ga ko‘rinadi.
Asterioid sayyoramizdan atigi bir necha ming kilometr naridan o‘tib ketadi. Aniqrog‘i, Yer markazidan asteroidgacha masofa — 10 ming kilometr, bu sayyoramizni qurshab olgan geostatsionar sun’iy yo‘ldoshlargacha masofaning chorak qismiga teng.
Shunga qaramasdan, xavotirga o‘rin yo‘q, faqat diametri 150 metrdan katta osmon jismlarigina Yer uchun xavfli sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter