Yerga kuchlilik darajasi bo‘yicha ikkinchi bo‘lgan magnit bo‘roni yopirildi

Yerga shu yilda kuchlilik darajasi bo‘yicha ikkinchi bo‘lgan magnit bo‘roni yopirildi. Bu haqda «Gazeta.ru» yozmoqda.
Rossiya Fanlar akademiyasi Fizika instituti olimlarining so‘zlariga ko‘ra, bo‘ron 31-avgust-3-sentyabr kunlari davom etadi.
Bo‘ronning kuchi 2 (5 dan 2) darajaga chiqadi. Ma’lum qilinishicha, bundan kuchliroq bo‘ron Yerga may oyida yopirilgan bo‘lib, 3 darajaga chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter