Yerda kuchli geomagnit bo‘ronlari boshlanmoqda

Bugun, 21 iyul kunidan Yerda yangi geomagnit bo‘ronlari boshlanmoqda. Bu haqda Spaceweather.com portali AQSh Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasiga asoslanib xabar berdi.
Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi 5 magnitudali magnit bo‘roni prognoz qilingan.
Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida Yerda magnit foni kuchaygan.
K indeksli eng kuchli bo‘ronlar 14 iyuldan 16 iyulgacha sodir bo‘lgan. Keyingi kuchli magnit hodisalari 22-23 iyul kunlari kutilmoqda.
Bu kunlarda sog‘lig‘ida muammosi bor odamlar, jumladan, keksalar va surunkali kasalliklarga chalinganlarning ahvoli yomonlashadi. Simptomlar bosh og‘rig‘i, zaiflik, depressiya, uyqusizlik, asabiylashish, qon bosimining ko‘tarilishi shaklida namoyon bo‘ladi.
Shifokorlar bu vaqtda chekish, spirtli ichimliklar, yog‘li ovqatlarni to‘xtatishni, toza havoda ko‘proq yurishni va yetarlicha uxlashni tavsiya qiladi. Choy, massaj, gimnastika kabilar bo‘ron oqibatlarini yengishga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter