Elektr tarmog‘i rahbarlaridan biri o‘z xodimini o‘ldirdi

Andijon elektr tarmog‘i rahbarining o‘rinbosari o‘zining 33 yoshli ishchisini kanselyar pichoq bilan o‘ldirdi. Bu haqda «UzNews.uz» xabar bermoqda.
Andijon IIBning ma’lum qilishicha, 13 iyul kuni elektr tarmoq rahbari o‘rinbosari X. Qodirov va ishchi D. Akbarov o‘rtasida mojaro kelib chiqqan va Qodirov xodimining chap ko‘krak qafasiga pichoq urgan. Natijada D. Akbarov kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tez yordamga qaramay, olgan jarohati sababli vafot etgan.
Voqea yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi jinoiy ish ochgan, ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter