Ehtiyot bo‘ling, selfi umringizga zomin bo‘lmasin!
Fransiyaning Lion shahrida selfiga tushish uchun kranga chiqmoqchi bo‘lgan ayol yiqilib tushib halok bo‘lganidan so‘ng selfi halokatlari yana kun tartibidan o‘rin oldi, deya xabar beradi «Euronews.com» sayti.
Birgina 2017-yilning so‘nggi choragida 137 kishi selfi tufayli hayotdan ko‘z yumgan. 2018-yilning o‘tgan davri bilan qo‘shib hisoblaganda, bu ko‘rsatkich 200 dan oshib ketadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, selfiga tushmoqchi bo‘lib yuqoriga tirmashgan kishilar ko‘proq halok bo‘lishar ekan. Keyingi o‘rinlarni cho‘kish va poyezd urib ketishi holatlari band qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter