Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxsni ushladi

DXX Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxsni ushladi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Kitob tumanida yashovchi fuqaro Suriyaga ketayotganda ushlangan.

Xususan, u 2020-2021 yillar davomida Rossiyada ishlagan davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimi a’zolari ta’siriga tushib qolib, ularni qo‘llab-quvvatlagan.

Jumladan, u Tik-Tok, Likee, Instagram ijtimoiy tarmoqlarida shaxsiy profillar ochib, unga xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan «Abu-Saloh», «Abdulloh Zufar», «Abdulloh Buxoriy», «Sodiq Samarqandiy» va boshqalarning «jihod», «hijrat» hamda «shahid»likka chorlovchi ma’ruzalarini joylashtirib, targ‘ibot ishlarini olib borgan.

Shuningdek, 2021 yilning dekabr oyida Rossiyadan doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan so‘ng, hamqishloqlari orasida ham oqim g‘oyalarini faol targ‘ib qilgan.

Bundan tashqari, u Suriyadagi jangarilar bilan aloqa o‘rnatib, ularning yo‘l-yo‘riqlari hamda ko‘rsatmalari asosida Rossiya va Turkiya orqali ularning safiga borib qo‘shilishini rejalashtirgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u tarqatib kelgan diniy mazmundagi materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tarqatish va saqlash taqiqlanadi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring