DXX giyohvand moddalarining katta partiyasini qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo va Samarqand viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Surxondaryo - Samarqand» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Kobalt» rusumli avtomashina Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi «Umakay» YPX maskanida to‘xtatildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi, 1987-y.t. fuqaroning yonida 3 kg. 363 gr. «opiy» giyohvand moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Boshqa bir holatda esa DXX xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan «Mineral suvlar» YPX maskanida Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi, 1996-y.t. shaxs boshqaruvidagi «Neksiya 3» rusumli avtomashina to‘xtatildi.
Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 5 kg. «opiy» giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.
DXXning Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan DBQ xodimlarini jalb etgan holda O‘rtachirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bekobod shahrida yashovchi shaxslar - 1991-y.t. fuqaro hamda muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan 1990-y.t. shaxs 492 gr. «gashish» moddasini 50 mln. so‘mga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.
Ta’kidlash lozimki, har uchchala holatda ham narkotik moddalar mamlakatimizga Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter