Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX chegarada 1,64 mln dollarni ushlab qoldi

DXX chegarada 1,64 mln dollarni ushlab qoldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan va Andijon viloyatlari bo‘yicha Boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi chet el valyutasini noqonuniy ravishda xorijga chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Tadbir davomida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanining chegaraoldi hududida yashovchi, 1990 y.t. mahalliy fuqaro boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomobili to‘xtatilib, tekshirilganda, unda 968 ming 900 AQSh dollari borligi ma’lum bo‘lgan va protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, ushbu tumandagi yog‘och bozori hududida uni kutib turgan, muqaddam sudlangan jinoiy sherigi ham ushlanib, uning «Damas» avtomobili salonida bo‘lgan 672 ming 206 AQSh dollari ham tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, yashayotgan, ushbu jinoiy guruh yetakchisi, qirg‘izistonlik 1974 yilda tug‘ilgan shaxs Toshkent shahrida qo‘lgan olinga. Shuningdek, guruh a’zolari bo‘lmish 5 nafar Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari Andijon shahrida ushlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 1 mln. 641 ming 106 AQSh dollarining mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 182-moddasining 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring